22:10 / 07.10.2015
10818

KUN.UZ dayjesti: 7 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 7 oktabr kuni ro‘y bergan eng muxim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Lionel Messining otasi qamoqqa olinishi mumkin>>

Ispaniya prokuraturasi “Barselona” hujumchisi Lionel Messining zimmasidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash aybini soqit qildi.

Grozniy merligi to‘ylarda ichish va o‘q otishni taqiqladi>>

Grozniy merligi chechen urf odatlari va an'analariga muvofiq to‘y marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi bo‘yruq chiqardi. Hujjat Grozniy merligi madaniyat departamentida e'lon qilindi.

Vin Dizel “Forsaj 8”ning rejissyori bo‘ladi>>

Ma'lum bo‘lishicha, Universal kinostudiyasi “Forsaj” filmining final qismi uchun rejissyor tanladi. Avvalroq Vin Dizel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan birida, uning o‘zi bu ishga qo‘l urishi mumkinligini sha'ma qilib o‘tgandi.

Xolid Ergench Kannda "Muhtasham yuz yil"ning davomini taqdim qiladi>>

Ko‘pchilik tomoshabinlar orasida ommalashib ketgan, turk sultoni Sulaymon farzandlarining ayanchli taqdiri haqidagi "Muhtasham yuz yil" turk serialining muxlislari hali ko‘z yoshlarini artib ulgurmasidan Turkiyada serialning davomi – "Muhtasham yuz yil. Kyosem" serialini suratga olish ishlari boshlandi.

Samsung daromadi uchinchi chorakda qariyb 80 foizga ortdi>>

2015 yilning uchinchi choragida Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi operatsion daromadi 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 79,8 foizga oshdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Rossiyaning BAAdagi elchixonasi Twitter’i Suriyadagi ixtilof haqida hazillashdi>>

Rossiyaning BAAdagi elchixonasi rasmiy Twitter’i orqali Suriyadagi urush haqida hazillashganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Elchixona mashhur rasmni tvit qildi.

Avstraliyada bir yoshli bolaning YTH natijasida tanasidan qariyb uzilgan boshi qayta tikildi>>

Avstraliyalik Jyeyson Teylor ismli bolakay tarixini haqiqiy mo‘'jiza deb hisoblash mumkin. Onasi va opasi bilan jiddiy yo‘l-transport hodisasiga duch kelgan bolakayning boshi deyarli uzilib ketgan edi. Brisbendagi shifoxonada bolakay ustida murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, uning hayoti saqlab qolindi.

JARdagi musiqiy shouda 3 yoshli didjyey o‘z talanti bilan yig‘ilganlarni hayratga soldi>>

Janubiy Afrikada 3 yoshli bola TV-shou sahnasida o‘z mahoratini namoyish qilib, mashhur bo‘lib ketdi. Yig‘ilganlar uning sahnadagi harakatlaridan hayratga tushib, u qo‘ygan musiqa ostida raqs tushishgan.

Musulmon turistlar soni 150 mln kishiga yetadi, “halol” mehmonxonalarga ehtiyoj ortmoqda>>

2020 yilga kelib musulmon turistlar soni 150 mln kishiga yetishi kutilmoqda. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 108 mln kishiga teng bo‘lgan edi. Dubay savdo-sanoat palatasi hisobotining hisobotida ta'kidlanishicha, turizm bozorida musulmon davlatlarining ulushi 11 foizga yetadi, umumiy pul aylanmasi esa 200 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Xitoydagi shisha ko‘prik sayyohlardan birining aybi bilan darz ketgani aytilmoqda>>

Yaqindagina Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Yungtayshan tog‘ tizmasida ochilgan shisha ko‘prik sayyohlardan birining qo‘lidagi haroratni barqaror ushlab turuvchi idish (termos) qo‘lidan tushib ketishi natijasida darz ketgan. Natijada vahimaga tushgan sayyohlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan, deb yozadi Xitoy matbuoti.

Manba: Rossiyada 800 km/s tezlikda parvoz qiladigan uchuvchisiz razvedka samolyoti yaratilmoqda>>

Rossiyada soatiga 800 kilometr tezlikda harakatlanuvchi uchuvchisiz razvedka samolyoti ishlab chiqariladi. Bu haqda TASSga Rossiya mudofaa-sanoat kompleksidagi axborot manbasi ma'lum qildi.

Ximiya bo‘yicha Nobel mukofoti DNK reparatsiyasi bo‘yicha izlanishlar qilgan olimlarga berildi>>

Ximiya bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti birdaniga 3 nafar olimga berildi. Bular shvetsiyalik Tomas Lindal, amerikalik Pol Modrich va turkiyalik Aziz Sankar bo‘ldi.

Erdo‘g‘anning Bryusselga tashrifi chog‘ida Belgiya va Turkiya agentlari urushib qolishdi>>

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Bryusselga tashrifi chog‘ida ikki davlat maxsus xizmatlari xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda RTBF telekanali xabar berdi.

Nemis telekanali Angela Merkelni hijobda tasvirladi>>

Germaniyaning ARD telekanalida efirga uzatiluvchi «Berlindan reportaj» (Bericht aus Berlin) ko‘rsatuvida kansler Angela Merkelning hijob kiygan holdagi kollaj surati namoyish etildi. Rasm fonida Berlindagi minoralar joy olgan, deb yozadi The Guardian nashri.

Lexus kartondan tayyorlangan avtomobilini namoyish qildi>>

Lexus kompaniyasi Lexus IS avtomobilining karton qog‘ozidan tayyorlangan nusxasini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda Techradar portali.
Mashina harakatlanishi uchun karkasi temir va alyuminiydan tayyorlangan elektr motor o‘rnatildi. G‘ildirak, korpus va salonni tayyorlash uchun qalinligi 10 millimetr bo‘lgan 1700ta karton qog‘ozi ishlatildi.

2018 yilgi Jahon chempionatida haydovchisiz “KamAZ”lar xizmat ko‘rsatadi>>

2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlarida Qozonda haydovchisiz “KamAZ”lar xizmat ko‘rsatadi. Bu texnologiyani Cognitive Technologies kompaniyasi ishlab chiqmoqda.

Dunyodagi eng tahlikali tog‘lardan birida turistlar uchun ekspeditsiya tashkil qilinadi>>

Pokiston va Xitoy chegarasida joylashgan Chogori tog‘ida turistlar uchun ekspeditsion dasturlar ishlab chiqiladi. Bu haqda The Daily Mail nashri yozmoqda. Sayyohlar uchun takliflar shu yilning oxirida tayyor bo‘ladi.

Rossiyada politsiya 9 yoshli haydovchi va 12 yoshli yo‘lovchini qo‘lga oldi>>

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida politsiyachilar to‘xtatgan avtomobilning haydovchisi 9 yoshli bolakay bo‘lib chiqdi. Salonda esa 12 yoshli qiz o‘tirardi. Bu haqda Ura.ru resursi xabar bermoqda.

OAV oilalarning ajrashishiga nima sabab bo‘lishini aytdi>>

Oilalar nega ajrashib ketishi, negaki erkak va ayol til topisha olmay qolayotganiga nima sabab bo‘layotgani aytildi. “Oila davrasida” gazetasida yozilishicha, bu turli fe'l-atvordagi odamlarning oila qurishi natijasida oilaviy munosabatlar kutilgan ssenariydan bormayotganidir.

Microsoft'dan yangi Lumia smartfonlari, Surface Pro 4 plansheti va Surface Book noutbuki>>

6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kompaniya Windows 10 da ishlovchi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnsheti va barcha uchun kutilmagan bo‘lgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.

Top