Jahon | 09:20 / 07.10.2015
2758
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarusda Rossiya aviabazasi joylashishi bilan bog‘liq mish-mishlarni rad etdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda Rossiya aviabazalarini joylashtirish masalasida Moskva vakillari bilan muzokaralar bo‘maganini ma'lum qildi. U bu haqda Minsk viloyatiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, OAVlarning buborada tarqatayotgan xabarlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Po yego slovam, sirkuliruyushchaya v SMI informatsiya na etot schet yavlyayetsya nedostovernoy. “Oxirgi vaqtlarda bizning muxolifat Rossiya aviabazalarini mamlakatda joylashtirish borasida dod solib kelayotganini kuzatib turibman. Aynan men bu borada hech narsa bilmayman”, — dedi Lukashenko.

Mamlakat rahbarining ta'kidlashicha, Belarus hududida o‘zga davlatlar harbiy bazalari joylashtirilmaydi, mamlakatning g‘arbiy chegaralarini mustahkamlash uchun qurolli himoya kerak bo‘ladi.
Respublika hududida 2013 yilda Baranovichda tashkil etilgan Rossiyaning 61-qiruvchi aviabazasi va Vileykda (Minsk viloyati) Rossiya harbiy floti bilan bog‘langan 43-bo‘lim mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish