O‘zbekiston | 16:27 / 07.10.2015
3685
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedov Hindiston, Rossiya va Germaniya elchilari bilan uchrashdi

6 oktabr kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligida Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida madaniyat va sport sohasidagi hamkorlik istiqbollari uchun ijobiy turtki bo‘lishi mumkinligini ta'kidlandi.

Vazir Bahodir Ahmedov kelgusida madaniyat va sport sohasida hamkorlik bo‘yicha Hindiston tomonidan taqdim qilinadigan takliflar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi va ularni amalga oshirish masalasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi o‘z vakolati doirasida yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Shu kuni Bahodir Ahmedov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida madaniyat va sport sohasida hamkorlik holatiga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, vazir Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer Vissing bilan ham uchrashdi.

Elchi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish ikki davlat uchun ham o‘zaro manfaatli ekanligini bildirib, o‘z faoliyati davomida bu masalaga alohida e'tibor qaratishini bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish