Jahon | 14:54 / 07.10.2015
4920
2 daqiqa o‘qiladi

Manba: Rossiyada 800 km/s tezlikda parvoz qiladigan uchuvchisiz razvedka samolyoti yaratilmoqda

Rossiyada soatiga 800 kilometr tezlikda harakatlanuvchi uchuvchisiz razvedka samolyoti ishlab chiqariladi. Bu haqda TASSga Rossiya mudofaa-sanoat kompleksidagi axborot manbasi ma'lum qildi.

“Hozirda biz soatida 800 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladigan uchuvchisiz razvedka samolyotini yaratish ustida ish olib borayapmiz”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jang maydonidagi boshqa apparatlardan farqli ravishda, mazkur uchuvchisiz samolyotni o‘qotar qurollar va o‘rta kalibrli aslahalar bilan urib tushirish qiyin.

“Barcha mavjud uchuvchisiz samolyotlar past tezlikda harakatlangani sababli ularni hattoki o‘qotar qurollar bilan ham urib tushirish mumkin, mazkur apparat esa birinchi navbatda tezligi sababli bu kabi qurollar nishoniga aylanmaydi”, - deya oydinlik kiritdi manba.

Ushbu samolyot katapulta orqali uchirilib, yerga qo‘nishi oldindan belgilangan dastur asosida amalga oshiriladi.
Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, ishlanma “tayyorgarlikning yuqori bosqichiga kelgan”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish