Sport | 14:39 / 07.10.2015
2690
1 daqiqa o‘qiladi

Marca: «Barselona» Qatar Airways aviakompaniyasi bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytiradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, kataloniyaliklar Qatar tomoni bilan yangi shartnomani 2020 yilga qadar tuzishadi va buning evaziga jami 290 million yevro mablag‘ ishlab topadi.

Ma'lumot uchun, Qatar Airways, 2013 yildan boshlab «Barselona»ning titul homiysi sanaladi va buning evaziga yiliga 65 million yevroni kataloniyaliklar hisobiga o‘tkazib beradi. Shuningdek shartnoma bandida 30 million yevro miqdorida bonus ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangi kelishuv haqida joriy yilning oktabr oyi so‘nggida ma'lum qilinishi kutilmoqda. Shartnoma 2016 yildan boshlab kuchga kiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish