Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining yo‘qligi tufayli Aguero terma jamoada 10-raqam ostida to‘p suradi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Serxio Aguero Lionel Messi jarohat olib safdan chiqqani tufayli 10-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqda "Manchester Siti" jamoasi rasmiy saytida xabar qilingan.
“Men jamoamiz ma'muri bilan gaplashdim. U 1dan 23gacha bo‘lgan raqamlardan birini tanlash majburiy ekanini aytib o‘tdi.
Men 10-raqamli futbolkani ilk marta Bosniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida kiygandim. O‘shanda Messi “Men yo‘g‘imda 10-raqamda Aguero to‘p sursin” deb aytgandi.
Shundan so‘ng u menga telefon orqali xabar yo‘lladi: “10 raqamli futbolkani kiyasanmi? Bundan qo‘rqmaysanmi?”
Shu sababli Messi yo‘qligida men bu raqamli libosni kiyaman”, - deydi Aguero.
Ma'lumot uchun, Argentina terma jamoasi JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan Ekvador (8 oktabr) va Paragvay (13 oktabr) terma jamoalariga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.