Jamiyat | 11:22 / 07.10.2015
4218
1 daqiqa o‘qiladi

Musulmon turistlar soni 150 mln kishiga yetadi, “halol” mehmonxonalarga ehtiyoj ortmoqda

2020 yilga kelib musulmon turistlar soni 150 mln kishiga yetishi kutilmoqda. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 108 mln kishiga teng bo‘lgan edi. Dubay savdo-sanoat palatasi hisobotining hisobotida ta'kidlanishicha, turizm bozorida musulmon davlatlarining ulushi 11 foizga yetadi, umumiy pul aylanmasi esa 200 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Musulmon davlatlaridan tashrif buyurgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan maxsus mehmonxonalar hamda boshqa servislar mana shunday bashoratlarga asoslangan holda o‘z infrastrukturalarini takomillashtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bu boradagi ayniqsa o‘ziga xos “halol” mehmonxonalarning kelajagi katta bo‘lishi aytilmoqda.

“Butun dunyo bo‘ylab halol mehmonxonalar tashkil topmoqda. Ular musulmon turizm bozorining salohiyatini ko‘rmoqda”, - deb ta'kidladi Indoneziyaning Sofyan mehmonxonalari tarmog‘i raisi Riyanto Sufyon Dubayda shu seshanba bo‘lib o‘tgan Global islom iqtisodiyoti sammitidagi chiqishida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish