Jahon | 18:00 / 07.10.2015
6752
1 daqiqa o‘qiladi

Nemis telekanali Angela Merkelni hijobda tasvirladi

Germaniyaning ARD telekanalida efirga uzatiluvchi «Berlindan reportaj» (Bericht aus Berlin) ko‘rsatuvida kansler Angela Merkelning hijob kiygan holdagi kollaj surati namoyish etildi. Rasm fonida Berlindagi minoralar joy olgan, deb yozadi The Guardian nashri.

ARD telekanali rahbariyati mazkur suratda islomofobiya ta'siri yo‘qligini ta'kidlab surat minglab qochoqlarga ko‘rsatilayotgan yordamni aks ettirish uchun tasvirlanganini ta'kidlamoqda.

«Bu suratda bizning jamiyatimiz qadri ko‘rsatib berilgan. Unda g‘arb jamiyatining erishgan yutuqlari aks etadi – so‘z erkinligi, matbuot erkinligi va teng huquqlilik. Bu erkinliklar mazkur kollajda o‘z aksini topgan», deyiladi telekanalning Feysbukdagi sahifasida yozib qoldirilgan bayonotda.

Ma'lumot uchun 2015 yilning o‘zida Germaniyaga 1,5 mln.dan oshiq Afrika va Yaqin Sharq mintaqalaridan qochqinlar kirib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish