12:09 / 07.10.2015
3502

Neymar soliqlar bo‘yicha muammolar tufayli "Barselona" bilan shartnomasi muddatini uzaytirmoqchi emas

“Barselona” klubining braziliyalik hujumchisi Neymar kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti.

El Mundo Deportivo nashri ma'lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi soliq borasidagi muammolari hal bo‘lmagunga qadar klub bilan shartnomasini yangilamaydi.

Hozirda Braziliya sudi Neymarni 16 mln dollar miqdoridagi soliqni to‘lamaslikda ayblab, unga tegishli bo‘lgan 47 million AQSh dollarini muzlatib qo‘ygan.

Qayd etish kerakki, uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan va uning transfer shartnomasida 190 million yevro miqdoridagi ustama puli belgilab qo‘yilgan.

Ma'lumot uchun, yozda Neymar “Oltin-to‘p”ni qo‘lga kiritish maqsadida “ko‘k-anorranglilar” safini tark etib, “MYu”ga o‘tish variantini ko‘rib chiqqandi.

Top