Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq Uy: Suriyadagi vaziyat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi bilvosita urushga aylanmaydi
Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest Suriyadagi ixtilof AQSh va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanmasligini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Prezident Barak Obama Suriyadagi vaziyat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi “proksi-urush”ga aylanmasligini aniq tushuntirdi”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Bundan tashqari, Ernest Rossiya Suriyadagi operatsiya bilan o‘zini xatarga qo‘yayotganligini ma'lum qildi, negaki ushbu mamlakatdagi kattakon musulmon jamoasi harbiy harakatlardan norozi bo‘lishi mumkin.