O‘zbekiston | 16:51 / 07.10.2015
1467
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek talabalari «N+i» loyihasi bo‘yicha Fransiyada injyenerlik sohasida ta'lim olishlari mumkin

O‘z talabalarini Fransiyada ta'lim olishni davom ettirish uchun yuborishi mumkin bo‘lgan o‘zbek oliy o‘quv yurtlariga «N+i» faoliyatini tanishtirish niyatida tarmoq direktori Jan-Per Trotinyon joriy yilning 29 sentabrdan 2 oktabr kunigacha Toshkentda bo‘ldi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Jan-Per Trotinyon tashrif davomida Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent avtomobil yo‘llari instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutlarida bo‘lib, mutasaddilar bilan uchrashdi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, «N+i» tarmog‘i Fransiyadagi 70 dan ortiq muhandislik oliy maktablarini birlashtiruvchi uyushma bo‘lib, uning maqsadi Fransiyada injyenerlik sohasida ta'lim olishni istagan xorijlik talabalarga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish