19:02 / 07.10.2015
3032

O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Iordaniya bilan o‘ynaydi

Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi 22-25 oktabr kunlari Toshkentdagi "Jar" stadionida Iordaniya U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

O‘FF rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Osiyo chempionati final bosqichi 4 — 15 noyabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston "V" guruhidan o‘rin olgan. Guruhda yana to‘rtta jamoa bo‘lib, ular: Xitoy, Eron, Tailand hamda Janubiy Koreya.

Ta'kidlanishicha, Yaponiya, Xitoy, KXDR hamda Tailand jamoalari chempionatga avvalgi qit'a birinchiligi yakuniga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston, Eron, Janubiy Koreya va Xitoy Taypey jamoalari Ochiyo chempionatiga saralash bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali yo‘l oldi. Ushbu yosh doirasida amladagi Osiyo chempioni — Yaponiya hisoblanadi.

Top