Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekturizm" Lyuksemburgdagi xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etadi
2016 yilning 15-16 yanvar kunlari Lyuksemburg shahrining "LuxExpo" ko‘rgazma majmuasida "Vakanz-Le Salon du Tourisme-2016" xalqaro sayyohlik yarmarkasi tashkil etiladi. Bu haqda "O‘zbekturizm" MK axborot xizmati xabar qilgan.
2015 yilda ushbu xalqaro yarmarkada dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan 300 dan ortiq milliy va mahalliy sayyohlik, avia va mehmonxona xizmati bo‘yicha faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirok etishgan.
Mahalliy turoperatorlarning ko‘rgazmadagi ishtiroki xorijiy hamkorlarni kengroq jalb qilish, samarali bitimlar tuzish va sayyohlar oqimini kengaytirishga xizmat qiladi.