Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:56 / 07.10.2015
3960
1 daqiqa o‘qiladi
Pekinda smog tufayli xavfning yuqori darajasi e'lon qilindi
Xitoy poytaxtida kuchli smog tufayli xavfning “sariq” darajasi e'lon qilindi. XXR davlat metereologiya boshqarmasining ma'lum qilishicha, bunday holat yaqinda nom qozongan Tyantszin shahrida ham e'lon qilingan.
Ob-havo ifloslanishining darajasi yuqoriligi bois Pekin hokimiyati odamlarga uylarini tark etmaslikka chaqirdilar. Ayniqsa keksa insonlar, bolalar, respirator kasalliklariga yo‘liqqan insonlar uchun xavf yuqoriligi aytilmoqda.