Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Afg‘oniston armiyasi toliblarga qarshi turish uchun juda kuchsizlik qiladi
AQShning Afg‘onistondagi harbiy kuchlari qo‘mondoni bo‘lmish general Jon Kempbell afg‘on askarlarining toliblarga qarshi kurash jarayonidagi imkoniyatlarini past baholadi.
Uning fikricha, Afg‘oniston armiyasi jangarilarga qarshi janglar uchun yetarli darajada harbiy tayyorgarlikka ega emas va yaxshi qurollanmagan.
U o‘z navbatida QSh prezidenti Barak Obamani Amerika kontingentini Afg‘onistondan olib chiqib ketish bo‘yicha rejani qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.
Ma'lumot uchun, qabul qilingan rejaga ko‘ra, 2016 yilning oxirigacha Afg‘oniston hududidagi amerikalik harbiylar soni 10 ming kishidan 1 ming kishigacha tushiriladi.
Biroz oldinroq, AShQ Mudofaa vaziri Esh Karter 4 oktabr kuni Qunduz shahrida "Chegara bilmas shifokorlar" shifoxonasiga xatolik tufayli zarba berilgani va 22 kishining halok bo‘lgani uchun uzr so‘radi.
"Chegara bilmas shifokorlar" (MSF) bu vaziyatni harbiy jinoyat sifatida baholagan va bu bo‘yicha jiddiy tekshiruv o‘tkazilishini so‘ragan.
AQSh prezidenti Barak Obama ham bu hodisa natijasida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va bu voqeani "fojiaviy holat" sifatida baholagan.