Jahon | 19:15 / 07.10.2015
4378
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQSh Rossiya bilan faqat uning Suriyadagi strategiyasi o‘zgarganidan so‘ng hamkorlik qila boshlaydi

Rossiya Suriyada “yanglish strategiyasi”ni davom ettirar ekan, AQSh u bilan hamkorlik qilmaydi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bayonot berdi.

“Rossiyaning strategiyasi yanglishdir, - dedi u. – Rossiya samolyotlari mutlaqo boshqa obektlarni bombardimon qilishda davom etmoqda. Rossiya tomonining bayonotlariga qaramay, biz ularning strategiyasi o‘zgarmaguniga qadar hamkorlikni yo‘lga qo‘ymaymiz”.
Shu bilan birga, u “harbiylarimiz xavfsizligini ta'minlash uchun kerakli axborot kanallari saqlab qolingan”ini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish