Jahon | 15:15 / 07.10.2015
7341
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uchinchi jahon urushini yaqinlashtirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Rossiya Suriyadagi ixtilofga aralashishi bilan uchinchi jahon urushi boshlanishini yanada yaqinlashtirdi.

Bu haqda u Taras Shevchenko nomli Kiyev davlat universiteti harbiy instituti tinglovchilari bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz shuni tushunishimiz kerakki, Rossiyaning Suriyada tashlagan mutlaqo mas'uliyatsiz qadamlari biz uchun uchinchi jahon urushini yaqinlashtirdi”, - ta'kidladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish