18:17 / 07.10.2015
3123

Qrimda jome masjidi qurilishiga 2 mlrd rubl to‘plandi

Qrimda jome masjidi qurilishiga 2 mlrd rubl to‘plandi. Bu mablag‘ yangi obekt qurish uchun yetarli, dedi respublika bosh vaziri o‘rinbosari Ruslan Balbek.
“Bu byudjyet tashqarisi manbalaridir.

Pullar turli millat va din vakillaridan kelib tushmoqda. 2 mlrd rubl to‘plab bo‘lindi”, - ma'lum qildi u RIA Novosti muxbiriga.
Masjid Simferopolning janubidagi tepalikda quriladi. Loyihaga binoan, asosiy bino gumbazining balandligi 28 m ni tashkil qiladi. Ichki hovliga ustunlar va shodirvon bilan zeb beriladi.

Top