Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Sulaymoniy Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasida asosiy o‘rin tutmoqda
Eronlik general, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibidagi “Kods” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning 2015 yil iyulida Moskvaga tashrif buyurishi Rossiya tomonidan Suriyada operatsiya o‘tkazish rejalarining yaratilishiga zamin bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Sulaymoniy stol ustida Suriya xaritasini yoydi, - deyiladi xabarnomada. – Ruslar juda xavotirda bo‘lib, Asadga bo‘layotgan xatarni tushunishar edi. Eronliklar ularni vaziyatni to‘g‘irlash mumkinligiga ishontirishdi.
Shu paytda Sulaymoniy ularni harakatga undadi”.
Operatsiya Eron va Rossiya tomonidan 4 oy davomida rejalashtirilgan. Ilgari Sulaymoniy Suriyada isyonchilarga qarshi yer usti operatsiyalarini nazorat qilgan bo‘lsa, endi Rossiya va Eron hamkorligidagi yangi operatsiyani ishlab chiqmoqda.