22:56 / 07.10.2015
5723

Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh "ko‘pincha" IShIDga qarashli bo‘lmagan nishonlarga zarba berayotganini aytdi

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov AQShlik harbiylar "ko‘pincha" IShIDga qarashli bo‘lmagan pozitsiyalarga zarba berayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti" axborot agentligi.

"Eslatib o‘tamiz, AQSh va boshqa harbiy-havo kuchlari bir yildan beri zarbalar bermoqda. Bizda shunday mulohaza qilishga asos borki, ular ko‘pincha terrorchilarga qarashli bo‘lmagan nishonlarga zarbalar bermoqdalar", deb aytdi Konashenkov.

Konashenkov bu haqda AQShning Rossiya aviatsiyasi IShIDga qarashli bo‘lmagan nishonlarga zarba berayotgani haqidagi xabariga izoh bera turib aytib o‘tdi.

"Bu noto‘g‘ri. Biz faqat terrorchilarga zarba bermoqdamiz. Afsuski, bu asossiz gaplar. Biz qayerga, qachon va nima bilan zarba berayotganimiz haqida doimo aniq gapiramiz. Amerikalik siyosatchilar esa, bu kabi vaziyatdagidek, o‘z so‘zlarini hech narsa bilan asoslamaydilar", deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Konashenkov.

Avvalroq Konashenkov AQSh rossiyalik harbiylarga IShID jangarilarining joylashgan o‘rinlari haqida razvedka ma'lumotlarini taqdim qilishni rad etgani "AQSh hukumati ehtimol IShIDni terrorchilik tashkiloti deb hisoblamasligidan darak beradi", deb aytib o‘tdi.

Top