Rossiya aviatsiyasi Suriyaning Idlib viloyatida "IShID"ning jangarilarni tayyorlash lagerini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Konashenkovning aytishicha, Su-24 samolyoti jangarilarning mashg‘ulot maydonini yo‘q qilgan. Shu viloyatning o‘zida Su-25 samolyotlari terrorchilarning dala lageriga hujum qilgan.
"Havo zarbasi oqibatida portlovchi moddalar, moddiy-texnik va oziq-ovqat zaxiralarini saqlashda terrorchilar tomonidan foydalanilgan ko‘plab inshootlar vayron qilindi", deb ma'lum qildi Konashenkov.