Jahon | 09:56 / 07.10.2015
4654
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning BAAdagi elchixonasi Twitter’i Suriyadagi ixtilof haqida hazillashdi

Rossiyaning BAAdagi elchixonasi rasmiy Twitter’i orqali Suriyadagi urush haqida hazillashganlikda ayblanmoqda. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.
Elchixona mashhur rasmni tvit qildi.

Ushbu rasmda Suriyadagi qurolli guruhlarning barchasi mutlaqo bir xil qilib tasvirlangan. Rasmning izohida granatomyotni “kesib” olib, isyonchilardan biriga berish taklif qilinadi. Ya'ni har qanday holatda natija salbiy bo‘lishiga ishora qilinadi.

The Independent nashrining fikricha, bu rasm AQSh koalitsiyasi boshchiligida harakat qilayotgan Suriya muxolifatining “hissasi yerga uradi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish