Jahon | 19:31 / 07.10.2015
4552
1 daqiqa o‘qiladi

Sergey Shoygu: Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi operatsiya boshidan beri "IShID"ning 112 ta obektiga zarba berdi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bugungi kungacha rossiyalik harbiylar Suriyadagi harbiy operatsiya boshlanganidan beri "IShID"ning 112 ta obektiga zarba berganlarini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi paytida aytib o‘tdi.

"30 sentabrdan bugungacha 112 ta obektga zarba berilgan. Zarbalar jadalligi oshirib borilmoqda", deb ta'kidlamoqda Shoygu.

Shoygu oxirgi ikki kunda jangarilarning katta miqdordagi pozitsiyalari aniqlanganini aytdi.

"30 sentabrdan beri jangarilarga tegishli 19 ta boshqaruv punkti, 12 ta o‘q-dori ombori, 71 ta zirhli texnika, portlovchi qurilmalar ishlab chiqaruvchi 6 ta zavod va ustaxonalar yo‘q qilindi", deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Shoygu.

Shoyguning aytishicha, harbiy operatsiyada 23 ta samolyot ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish