Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyaning Moskvadagi elchisi: Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasining zarbalari bilan bir vaqtda hujumga o‘tdi
Suriyaning hukumat armiyasi Rossiya aviatsiyasining "IShID" pozitsiyalariga zarbalar berishi bilan bir vaqtda quruqlikda jangarilarga qarshi hujumni boshladi, deb aytdi Suriyaning Moskvadagi elchisi Riyod Haddod RIA “Novosti” axborot agentligiga bergan intervyusida.
"Rossiya harbiy-koinot kuchlari "IShID" pozitsiyalarini bombardimon qilishni boshlagan kundan Suriya armiyasi bizni qo‘llab-quvvatlayotgan qarshilik kuchlari bilan birga quruqlikdagi hujumni boshladi", deb aytmoqda Haddod.
Haddodning ta'kidlashicha, Rossiyaning Suriyadagi zarbalari jangarilarni "sarosimaga solib qo‘ygan", chunki ular o‘zlarida "haqiqiy aviazarbalar qanday bo‘lishini his qila boshlashgan".
"Jangarilar Rossiya aviatsiyasi zarbalariga qarshi befoyda bo‘lgan tunnellar qurilishi taktikasini qo‘llashmoqda. Va asosiysi, Rossiya aviatsiyasi havoga ko‘tarilishidan avval, razvedka samolyotlari mutlaq aniqlikka erishish maqsadida jangarilar joylashgan ehtimoliy hududlarni qariyb 10 martalab takror va takror uchib chiqishmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi Haddod.