11:06 / 07.10.2015
2753

The Guardian: Payshanba kuni Yurgen Klopp “Liverpul” bilan shartnoma imzolaydi

Yurgen Klopp “Liverpul”ni qabul qilib olishga yaqin turibdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bergan.

Xabarga yozilishicha, germaniyalik 48 yoshli mutaxassis "mersisaydliklar" bilan 3 yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan va payshanba kuni bitimga imzo chekadi.

Kloppning rasman “Liverpul” bosh murabbiyi bo‘lgani esa shu hafta oxirida rasman e'lon qilinishi aytilmoqda.

Shuningdek, Klopp "Liverpul"da o‘zining sobiq jamoasi “Borussiya”dagidan ko‘proq maosh olishi haqida yozilgan.
Ma'lumot uchun, u dortmundliklar jamoasida ishlagan vaqtida yiliga 3,6 million funt (4,8 million yevro) maosh olardi.

Avvalroq Klopp unga transfer siyosatida mustaqillik berilsa, «Liverpul»da ishlashga roziligi haqida xabar qilingandi.

Top