Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Boku xalqaro avtomobil qatnovlari haqidagi o‘zaro bitimni imzoladi
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida joriy yilning 29-30 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining vakolatli organlari vakillari ishtirokida ekspert uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari borasidagi ikkitomonlama hamkorlikning hozirgi kundagi holati yuzasidan fikr almashib, ikki davlat o‘rtasidagi yuk tashuvlari bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishdi.
Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Ozarbayjon Respublikasi hukumati o‘rtasidagi xalqaro avtomobil qatnovlari haqidagi o‘zaro bitim loyihasining yakuniy tahririni muhokama qildi va uni imzoladi.