Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dengiz mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan fransuzcha do‘kon ochiladi
Joriy yilning 8 oktabr kuni baliq va dengiz mahsulotlari bilan savdo qilishga ixtisoslashgan yangi fransuzcha «La Marée» do‘koni Toshkentda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«La Marée» baliq va dengiz mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Fransiyaning Rungis ulgurji savdo bozori va Bulon-sur-Mer portidan haftasiga ikki marotaba keltiradi.
«La Maréye» do‘koni Shota Rustaveli ko‘chasi 63-uyda, Bella Napoli pitssaxonasi va Bon kafesi bilan yonma-yon joylashgan.
Do‘kon soat 11.00 dan 21.00 gacha ishlaydi, dam olish kuni – seshanba.