20:16 / 07.10.2015
2970

Toshkentda Respublika Paralimpiya o‘yinlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevralda “2016 yil Rio-de-Janeyro (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1923-sonli Qarori ijrosini ta'minlash hamda Mustaqilligimizning 24 yilligini munosib nishonlash maqsadida, joriy yilning 6-7 oktabr kunlari Toshkent shahrida Respublikadagi maxsus maktab-internatlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida an'anaga aylanib kelayotgan navbatdagi Respublika Paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazdi.

Paralimpiya o‘yinlarining dasturiga asosan yengil atletika, suzish va dzyudo sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ushbu o‘yinlarda ja'mi 200tadan ortiq internat tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

II Paralimpiya o‘yinlari tashkilotchisi O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi bo‘ldi.

Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining estalik sovg‘alari topshirildi.

Top