Jamiyat | 07:33 / 07.10.2015
3306
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdaga xonadondan pul o‘marib ketgan o‘g‘ri qo‘lga olindi

Toshkentning chekkasidagi xonadonlardan biriga o‘g‘rilikka tushib, ko‘p miqdorda pul olib chiqib ketgan jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, o‘g‘ri Ilya Makasin ilgari santexnik bo‘lib ishlagan. Faoliyati davomida atrofdagi ko‘plab xonadonlardagi vaziyat haqida ma'lumot to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. So‘ng ishdan bo‘shab, o‘zi eng boy deb topgan xonadonlarga o‘g‘rilikka tushishni rejalashtirgan.
Ta'kidlanishicha, Makasin o‘z rejasidagi birinchi o‘g‘rilikni amalga oshirishga ulgurgan, xolos. Oradan bir necha kun o‘tib, u militsiya tomonidan qo‘lga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish