10:35 / 07.10.2015
9255

Toyota: minglab yo‘ltanlamaslarimiz qanday qilib IShID qo‘liga tushayotganidan bexabarmiz

IShID guruhi jangarilari qo‘lida Toyota rusumidagi minglab yo‘ltanlamaslar va yengil yuk mashinalari bor. Bu Liviya, Iroq va Suriyada qilingan ko‘plab videolavhalarda ko‘rinadi.

ABC telekompaniyasining ma'lum qilishicha, AQSh hukumati Yaponiya korporatsiyasiga bu borada rasmiy so‘rov bilan chiqqan. AQSh moliya vazirligining aksilterror departamenti so‘roviga Toyota bu borada hech qanday ma'lumotga ega emasligini aytgan.

Top