Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya muxolifati mamlakat IShIDga qarshi harbiy operatsiyada ishtirok etishini talab qilmoqda
Muxolif Xalq respublikachi partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li mamlakatning IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaning harbiy amaliyotlarida ishtirok etishi lozimligini ta'kidlamoqda. Bu haqda siyosatchi Euronews kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“IShIDga qarshi operatsiya holatida biz, Xalq respublikachi partiyasi, harbiy qonun loyihasi uchun ovoz beramiz”, - dedi u.
Shuningdek, u Turkiya Suriya ixtilofining hech bir tomonini qo‘llab-quvvatlamasligi lozimligini aytdi: “Asad bilanmi, usizmi, bizga muhim emas. Suriyada tinchlik o‘rnatilishi lozim”.