Jamiyat | 08:48 / 07.10.2015
4105
1 daqiqa o‘qiladi

Vin Dizel “Forsaj 8”ning rejissyori bo‘ladi

Ma'lum bo‘lishicha, Universal kinostudiyasi “Forsaj” filmining final qismi uchun rejissyor tanladi. Avvalroq Vin Dizel ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan birida, uning o‘zi bu ishga qo‘l urishi mumkinligini sha'ma qilib o‘tgandi.

“Qonunga quloq soluvchi fuqaro”, “Italyancha o‘g‘irlik” va “Ko‘cha ovozi” filmlari rejjisyori Geri Grey Dizelga bu ishda yordam beradi. Ular 2003 yilda katta ekranlarga chiqqan “Yolg‘iz” filmida birga ishlashgan edi.

“Forsaj 7” “Forsaj”lar orasida eng kassabopi bo‘lib, yarim milliard dollar pul yig‘ishga ulgurgan. Bu ko‘rsatkichni Grey va Dizel hamkorligi 2017 yilad ko‘tarishiga umid qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish