Jahon | 11:29 / 07.10.2015
2918
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada Abe bosh vazirlikka qayta tayinlanganidan so‘ng Vazirlar Mahkamasi iste'foga chiqdi

Yapon hukumati vazirlari Sindzo Abening bosh vazirlikka qayta tayinlangani va yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirish zarurligi munosabati bilan iste'foga chiqish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishdi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Sentyabr oyi avvalida hukmron Liberal-demokratlar partiyasi vakillari Abeni kelgusi uch yil muddatga qayta saylagan edi.
Reuters ma'lumotlargi ko‘ra, 18 nafar vazir mansabidagilarning qariyb yarmi o‘z lavozimlarini saqlab qoladi.

Taxminlarga ko‘ra, hukumatdagi asosiy shaxslar, jumladan, moliya, iqtisod, mudofaa va ichki ishlar vazirlari o‘z lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishda davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish