11:17 / 07.10.2015
3320

Yoqilgan dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida andijonlik fuqaroning uyida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs uyida dazmolni yoqib so‘ng uni nazoratsiz qoldirib ketgan. Natijada, yong‘in sodir bo‘lgan va uyning 100 kv. metr maydonda tomi, shift qismi hamda uy-jihozlari yonib zararlangan.

Shunga o‘xshash holat Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi fuqaroning uyida ham yuz berdi. Uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqqan, uyning 120 kv. metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.

IIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston respublikasi hududida 291ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 1 mlrd. 276 mln. so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1 mlrd. 12 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Top