Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 12:53 / 08.10.2015
4220
1 daqiqa o‘qiladi
"Nuroniy" jamg‘armasi keksalarga biometrik pasport olishda yordam ko‘rsatmoqda
“Nuroniy” jamg‘armasining Samarqand shahar bo‘linmasi 2015 yilning yanvaridan buyon pensionerlarga biometrik pasport olishda yordam ko‘rsatib kelmoqda. Bu tashabbusni bo‘linma rahbari Ilhom Muxtorov ilgari surdi.
Uning ta'kidlashicha, bunday yordam 60dan oshgan fuqarolarga juda zarur.
“Keksa yoshdagi insonlarga biometrik pasportlar olishda yordam ko‘rsatish juda muhimdir, jamg‘armamizning bu borada ko‘rsatayotgan yordami davom etmoqda”, - dedi u “Samarkandskiy vestnik” gazetasiga bergan intervyusida.