Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti belarus yozuvchisiga berildi
2015 yil uchun adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti taniqli belarus yozuvchisi Svetlana Aleksiyevichga taqdim etildi. Bu haqda 8 oktabr kuni Stokgolmda Shved akademiyasining doimiy kotibi Sara Danius ma'lum qildi.
Aleksiyevich hujjatli-badiiy nasr yo‘nalishida ijod qilib, hozirga qadar chechen urushi, Chernobil, Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan (“Urushda ayol tasviri yo‘q” (1985), “So‘nggi guvohlar” (1985), “Sehrlangan o‘lim” (1993), “Chernobil janozasi” (1997), “Sekond xend vaqti” (2013) nomli badiiy-hujjatli asarlarni yaratgan.
Ularning aksariyati 20dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Aleksiyevich, o‘nlab mukofotlar sohibi hisoblanadi. Jumladan, Rossiyaning “Triumf” (1997), Iogann Gotfrid Gerder (1999) mukofoti, Remarka (2001), tanqidchilar milliy mukofoti (AQSh, 2006) va boshqalar.
Adabiyot yo‘nalishi XIX asr so‘ngida shved sanoatchisi va ixtirochisi Alfred Nobel ta'sis etgan besh mukofotning biri hisoblanadi.
Taqdirlash marosimi an'anaga muvofiq, Nobel mukofoti asoschisi vafot etgan sana – 10 dekabr kuni Stokgolmda bo‘lib o‘tadi. Mukofot puli qiymati esa 2015 yilda 8 million shved kronasi (953 ming dollar)ni tashkil etadi.
O‘tgan yilda bu mukofot fransiyalik Partik Modianoga topshirilgandi.
9 oktabr kuni tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti o‘z egasini topadi.