Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 19:31 / 08.10.2015
4268
1 daqiqa o‘qiladi
Adidas 3D-printerda krossovkalar chiqardi
Adidas kompaniyasi tagi 3D-printerda bosiladigan Futurecraft 3D krossovkalari kontseptini taqdim etdi. Kompaniya tarqatgan relizda ta'kidlanishicha, poyafzalning tagi u sotilayotgan joyda xaridorning oyog‘idan andaza olingan holda printerdan chiqariladi.
Maxsus uskunadagi bir necha daqiqali yugurishdan so‘ng xaridor oyog‘ining quymasi hosil bo‘ladi, u oyoq shaklini aynan takrorlaydi va sport bilan shug‘ullanishni qulaylashtiradi. Bu quyma asosida printerdan taglik chiqariladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish