15:13 / 08.10.2015
4994

Afg‘onistonda afyun yetishtirish 20 foizga o‘sdi

Rossiya bosh shtabining hisob-kitoblariga qaraganda, Afg‘oniston hududida joriy yilda afyun yetishtirish miqdori 20 foizga oshgan. Bu haqda shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Oxirgi 14 yilda Afg‘onistonda ishlab chiqarilayotgan narkotiklar hajmi 40 barobarga oshdi, olingan afyun miqdori esa joriy yilda 8 ming tonnani tashkil qilishi mumkin, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 20 foizga ko‘proqdir”, - ma'lum qildi u.

Top