18:38 / 08.10.2015
4550

Alphabet kompaniyasi abcdefghijklmnopqrstuvwxyz.com domenini sotib oldi

Google restrukturizatsiyasi natijasida tashkil etilgan Alphabet kompaniyasi abcdefghijklmnopqrstuvwxyz.com domenini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Lotin alifbosining 26 harfidan iborat bu domen 1999 yilda ro‘yxatga olingan, lekin birortaning nomiga o‘tkazilmagan edi. Shu yilning 7 oktabr kuni u Google strukturasiga o‘tgani ma'lum bo‘ldi.

Alphabet xaridni tasdiqladi. Kompaniya vakili hazil tariqasida ilgarigi abc.xyz domenida “ayrim harflar” yetishmasligini aytib o‘tdi.

Top