12:31 / 08.10.2015
6480

AQSh odam ko‘payib ketgan qamoqlardan mahbuslarni ozod qilmoqda

30 oktabrdan keyin AQShda giyohvand moddalar saqlash va sotishda ayblanib qamalgan 6 ming kishi ozodlikka chiqariladi. Bunday qaror adliya vazirligi tomonidan mamlakatning mahbus ko‘payib ketgan turmalarini biroz bo‘shatish uchun qabul qilindi.

Kelajakda bunday amaliyot davom ettiriladi.
Washington Post axborotiga ko‘ra, noyabrdan boshlab bir yil davomida jami 8.5 ming mahbus ozodlikka chiqariladi.

Top