Jahon | 16:01 / 08.10.2015
8187
1 daqiqa o‘qiladi
Argentina prezidentining raqsi internetni “portlatib” yubordi
Argentina prezidentining raqsi internetda shovshuvga aylanib ketdi, deb xabar beradi The Telegraph nashri.
Kristina Fernandes de Kirshner Buenos-Ayres hokimi Daniel Stsiolini qo‘llab-quvvatlash uchun keldi.
Saylovoldi aksiyasining oxirida siyosiy qo‘shiq qo‘yildi, prezident xonim o‘zini ushlab tura olmay, raqsdagi mahoratini namoyish etib berdi.
Raqs bir necha daqiqa davom etdi.
U, shuningdek, to‘planganlarga “kirshnerchi”larning o‘ziga xos salomlashish imo-ishorasi bilan murojaat qildi.