Sport | 09:21 / 08.10.2015
5018
1 daqiqa o‘qiladi

BAA hukumati isroillik 15 nafar dzyudochini mamlakat hududiga kiritmadi

BAA hukumati dzyudo bo‘yicha Isroil terma jamoasining mamlakat hududida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu turnirda 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmalar beriladi.

Abu-Dabida o‘tkaziladigan ushbu turnirda dunyoning 83 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchi kelishi kutilmoqda edi. Isroil esa 15 sportchidan iborat terma jamoani BAAga olib kelmoqchi edi. Bu tarkibdan 2013 yilgi JChda g‘olib bo‘lgan Yardan Jyerbi va Yevropa o‘yinlari chempioni Sagi Mukin o‘rin olgan.

2012 yilda Londonda o‘tkazilgan Yevropa o‘yinlarida Isroil terma jamoasi bironta medal olmagan.

Qayd etish kerakki, BAA Isroilni davlat sifatida tan olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish