Sport | 16:49 / 08.10.2015
4784
1 daqiqa o‘qiladi

Bekkenbauer Gvardiolani «Bavariya»da saqlab qolish uchun Bibliyadan iqtibos keltirdi

Germaniyaning «Bavariya» klubi faxriy prezidenti Frants Bekkenbauer jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani jamoada saqlab qolish uchun Yevangeliyadan iqtibos keltirdi.

«Bibliyada shunday deyiladi: «Xudo birlashtirganni bandasi ayira olmaydi».

Men Xosepga «Bavariya»da qolsa juda xursand bo‘lishimni aytdim. Gvardiola va «Bavariya» shunchaki bir-biriga juda mos keladi», – deya Bekkenbauerning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Germaniyaning Bild nashri.

Ispaniyalik murabbiyning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2016 yil yozda nihoyasiga yetadi. Hozirda myunxenliklar Gvardiola bilan shartnomani uzaytirish payida yurishibdi. Biroq murabbiy takliflarni rad qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Gvardiola Angliyaning «Manchester Siti» klubiga murabbiy bo‘lishga rozilik bergani haqida xabar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish