Bishkekda noma'lum shaxslar hujum uyushtirib, 612 ming dollar o‘g‘irlab ketishdi. Bu haqda 24.kg sayti xabar berdi.
Aytilishicha, tunda shaharning tumanlaridan birida tibbiy niqoblar taqib olgan shaxslar “Trans-Servis KG” turistik firmasi inkassatori Sergey Smirnovga tashlanib, kaltaklashgan va uning yonidagi barcha pullarni o‘g‘irlab ketishgan.
Bu pullar Manas aeroporti orqali Dubayga yuborilishi kerak edi.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda.