Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha JChda Murodjon Axmadaliyev Qozog‘iston vakilini yengib, chorak finalga chiqdi
Qatar poytaxti Doha shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari zafarli odimlashda davom etishmoqda.
Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik tajribali bokschi Murodjon Axmadaliyev o‘z vazn toifasida (56 kg vazn) birinchi raqam ostida saralangan qozog‘istonlik Kayrat Yeraliyevni 3:0 hisobida mag‘lub etib, muxlisu-mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, Murodjon jahon chempionatidagi o‘zining ikkinchi jangida ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritib, sovrinli o‘rinlar uchun harakatini davom ettirmoqda.
Endi Murodjon Axmadaliyev 10 oktabr kuni o‘tkaziladigan chorak final bahsida tailandlik Chatchay Butdega qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida 1-3 o‘rin egalari 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadi.
Bugungi bahslarda o‘zbekistonlik yana bir bokschi Rustam To‘laganov (-91 kg) Yangi Zelandiya vakili bilan chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.