Jahon | 19:45 / 08.10.2015
3709
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada tunnelda 50 ta avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Bolgariya poytaxti Sofiya yaqinida "Xemus" magistralidagi "Vitinya" tunnelida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, YTHda 50 dan ko‘proq mashina to‘qnashib ketgan. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan, yana kamida 2 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea joyida shifokorlar, qutqaruvchilar va politsiya ish olib bormoqda. Magistral yo‘l yopib qo‘yildi. YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish