Jahon | 11:43 / 08.10.2015
7462
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh kotib: NATO Rossiyaning Suriyadagi nishonlarga qanotli raketalardan zarba berganidan xavotirda

NATO Rossiyaning Suriyadagi nishonlar bo‘ylab qanotli raketalardan zarba berganidan xavotirda, deya ma'lum qildi bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyans Mudofaa vazirlari yig‘ilishi oldidan.

“Biz Turkiya havo kengliklarini buzgan holda havodan qanotli raketalar zarbalari berilganini kuzatdik. Bularning barchasi xavotirlanish uchun sabablarni keltirib chiqarishi munosabati bilan o‘z tashvishimizni bildiramiz va Turkiya hukumati bilan yaqin aloqalarni saqlab qolamiz”, - dedi bosh kotib.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya harbiy kosmik kuchlari operatsiyalar boshlanganidan buyon terrorchilarning boshqaruv punktlari, tayyorgarlik lagerlari va qurol-yarog‘ omborlariga qarata 100 martadan ziyod zarbalar berdi. Shu bilan bir qatorda, 7 oktabr kuni Kaspiy dengizida joylashgan 4ta harbiy kemadan 26ta qanotli raketa uchirildi. Ularning aniqligi 5 metrdan oshmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish