Jamiyat | 19:42 / 08.10.2015
27480
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng jundor oila

Tanishing, bu 38 yoshli Chui va uning qarindoshlari. Ularning hammasi kamdan-kam uchraydigan kasallik – tug‘ma gipertrixozdan, ya'ni yuzdagi ortiqcha junlardan azob chekishadi. Yaqinda mana shu g‘aroyib oila to‘g‘risida “Chui, bo‘ri-odam” nomi ostida film suratga olindi.

Xesus “Chui” Aseves 1974 yilda Meksikaning Loreto shahrida tug‘ilgan. Xuddi mana shu dard bilan uning singlisi Liliya, amakivachcha og‘a-inilari Denni va Larri ham tug‘ilishgan. Hech kim ularga boshpana berishni istamadi. Shuning uchun Loreto hokimi bu bechora, bedavo kasallikka uchragan oilaga ikkita uy berdi, ular haligacha mana shu yerda yashab kelishadi.

Chui va uning qarindoshlari hali yoshligidanoq sirkda ish boshlashdi – ular ommaga xuddi tasqaralardek namoyish qilindi. Aka-ukalarni kunduzlari furgondan tashqariga chiqarishmasdi. Agar odamlar sochli odamlarni ko‘chada ham uchratish mumkinligini bilib qolishsa, tomoshalarga pul to‘lamay qo‘yishadi, derdi sirk egasi. 

Chuining uch qizi ham gipertrixoz bilan tug‘ildi. Chuining oilasida birinchi bo‘lib bu kasal bilan og‘rigan inson uning katta buvisi bo‘lgan. shundan so‘ng diagnoz oilaning yana 30 vakiliga tarqalgan. Tarixda gipertrixozning bor-yo‘g‘i 50 ta holati aniqlangan bo‘lib, ulardan 30 tasi aynan Aseves oilasida kechmoqda.

Chuining qizchasini maktabda mazax qilishadi. Uning onasi qizining yuzidagi sochlarni tez-tez tozalab turadi, ammo tuklar baribir peshona va engak qismida ko‘rinib turadi.

“Chui, bo‘ri-odam” filmidan kadr.

Chui sobiq ayoli va qizi bilan.

Chui oilasi bilan.

Chui oilasi bilan o‘z uyida.

Chui sobiq ayoli va qizi bilan.

Manba: Xabardor.uz