23:26 / 08.10.2015
12242

El Mundo Deportivo: Messi 22,5 oyga, otasi 18 yilga qamalishi mumkin

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi daromadini yashirganlikda ayblanib, qamoqqa olinishi va qamalishi mumkin.

El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, prokuraturaga futbolchining otasi soliqlardan qochib, har xil "o‘yinlar" qilganini ma'lum bo‘lmoqda.

Davlat prokurori Messining otasi 18 yilga, Leoning o‘zi esa, ishtirokchi sifatida 22.5 oyga qamalishini so‘ramoqda.

Lionel Messi va uning otasiga nisbatan soliq to‘lamaslik bo‘yicha ish 2013 yilda ochilgan. Tergov futbolchi Ispaniya g‘aznasiga 4 mln yevrodan ko‘proq soliq to‘lamaganini aniqlagan. Lionel bu mablag‘lardan foydalanish yoki ularni taqsimlash borasida qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmagani uchun undan barcha ayblovlar olindi. Avvalroq futbolchi umrida biror soniya vaqtini ham shartnomalarni yoki moliyaviy hujjatlarni o‘qishga ajratmaganini aytgan.

Lionel tergov bilan hamkorlik qilib, 10 mln yevrodan ko‘proq soliq to‘lab berdi. Lionel barcha ayblovlar batamom olinishi uchun yana 15 mln yevro to‘lab berishga tayyor edi, biroq mahalliy hokimiyatning rad javobini oldi.

Top