Jahon | 14:40 / 08.10.2015
6520
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Rossiyadan gaz xarid qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin

Turkiya Rossiya bilan munosabatlarning Suriya tufayli keskinlashuvi munosabati bilan ushbu mamlakatdan gaz sotib olish masalasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

“Rossiya bu masalalarda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Biz ularning tabiiy gazini sotib oluvchi birinchi raqamli xaridorlarmiz. Turkiyaning yo‘qotilishi ularga og‘ir zarab bo‘ladi.

Kerak bo‘lsa, Turkiya tabiiy gazni turli joylardan sotib olishi mumkin”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning jurnalistlar bilan suhbati Yaponiyaga ketishda, samolyot ichida bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish